“LIDER QIZLAR” AKADEMIYASI A’ZOLARI BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tashkil etilgan “Lider qizlar” akademiyasi a’zolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Iqtisodiyot fakulteti dekani Gulasal Madraximova ishtirok etib, talaba-qizlar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, shaxsiy o‘sish, kasbiy maqsadlarni aniq belgilash hamda jamiyatda faol va tashabbuskor bo‘lish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, talaba-qizlarga o‘z ustida ishlash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish, kelajakda yetuk mutaxassis va lider sifatida shakllanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.