🔊
14:09 Yakshanba 14 Iyun 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI”: TO'RT NAFAR SPORTCHIMIZ RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO'LLANMANI QO'LGA KIRITDI

19.06.2026
32

"Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi"ning Toshkent shahar II-bosqichi doirasidagi suzish musobaqalari Singapur menejmentni rivojlantirish institutida o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli sport tadbirida respublikamizdagi 30 dan ortiq davlat va xalqaro oliy ta’lim muassasalaridan 100 nafardan ziyod iqtidorli talaba-yoshlar sportning suzish turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining “ERP sport” tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan 8 nafar sportchi talabalari musobaqada faol ishtirok etib, o‘zlarining yuqori tayyorgarlikka ega ekanliklarini namoyon etdilar hamda faxrli o‘rinlarni egalladilar.

Jumladan, Iqtisodiyot fakulteti talabasi Hamidaxon Marufova musobaqaning ikkita yo‘nalishida tengsiz deb topildi. Talabamiz 50 metrga erkin hamda 50 metrga chalqancha suzish yo‘nalishlari bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Iqtisodiyot fakultetining 3 nafar talabasi - Azamat Ergashev, Ozoda Olimova va Saidxon Usmonov musobaqaning 4x50 metrga estafeta erkin suzish usuli bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egalladilar.

Yuqorida nomlari keltirilgan sportchi-talabalarimiz joriy yilning 1–10-iyun kunlari Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadigan “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”ning yakuniy respublika bosqichida institut sharafini himoya qiladilar.

Sportchi-talabalarimizni erishilgan yutuqlar bilan samimiy muborakbod etamiz hamda final bosqichida ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?