🔊
02:14 Payshanba 14 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABALAR UCHUN AMALIY TANISHUV: RESPUBLIKA TOVAR-XOM ASHYO BIRJASIGA TASHRIF

15.04.2026
25

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy tashrif tashkil etildi.

Iqtisodiyot fakultetining “Buxgalteriya hisobi va marketing” kafedrasi tomonidan “Marketing tadqiqotlari” hamda “Pul va banklar” fanlari, shuningdek “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi tomonidan “Moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar” fanlari o‘qitilib, talabalarga zamonaviy iqtisodiy bilimlar berib kelinmoqda.

Talabalarga berilayotgan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirish maqsadida muntazam ravishda “ko‘chma dars” mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

Shu doirada O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida navbatdagi “ko‘chma dars” mashg‘uloti o‘tkazilib, unda talabalar birjaning ishlash mexanizmi, savdo jarayonlari, moliyaviy operatsiyalar hamda zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida birjaning o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur amaliy mashg‘ulotlar talabalarning kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni kelgusida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk mutaxassis sifatida shakllantirish maqsadida tashkil etilmoqda..

Saytni yangi dizayni yoqdimi?