“YOSH MUHANDISLAR” MAKTABI FAOLIYATI JOYLARDA TARG’IB QILINMOQDA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida istiqbolli kadrlarni tayyorlashga qaratilgan “Yosh muhandislar” maktabi faoliyat olib bormoqda.
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti professor-o’qituvchilari tomonidan “Yosh muhandislar” maktabining faoliyati, o’quv jarayonlari bilan bitiruvchi sinf o‘quvchilarini yaqindan tanishtirib borish maqsadida bir qator targ’ibot tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda.
Fakultetning Mexanika muhandisligi kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan navbatdagi targ’ibot tadbiri Chilonzor tumanidagi 184-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida bo’lib o’tdi.