🔊
12:05 Seshanba 26 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“UCH AVLOD UCHRASHUVI” BO‘LIB O‘TDI

08.05.2026
9

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti To‘qimachilik muhandisligi fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda fakultetni 40 yil avval tamomlagan bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilar hamda bugungi talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida faxriy bitiruvchilar o‘zlarining talabalik yillari, mehnat faoliyati va boy hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh avlodga samimiy tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, uchrashuvda avlodlar o‘rtasidagi uzviylik, ustoz-shogird an’analari, sohaning bugungi rivojlanish bosqichlari hamda to‘qimachilik sanoatidagi zamonaviy yondashuvlar haqida fikr almashildi.

Talaba-yoshlar faxriy ustoz va bitiruvchilarning hayotiy tajribasi, kasbga sadoqati hamda mehnat faoliyatidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mazkur uchrashuv yoshlarni kasbga muhabbat, fidoyilik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, fakultetning boy an’analari hamda ustoz-shogird qadriyatlarini davom ettirish maqsadida tashkil etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?