08:25 Payshanba 12 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

URAL DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI PROFESSORLARI ISHTIROKIDA DARS MASHG’ULOTLARI BO’LIB O’TDI

04.02.2026
25

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Rossiya Federatsiyasining Ural davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturi doirasida navbatdagi dars mashg’ulotlari o’tkazildi.

Ural davlat iqtisodiyot universitetining yetakchi professorlari tomonidan 2-12 fevral kunlari “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavr hamda magistr talabalar uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.

qo‘shma ta’lim dasturi doirasida, Ural davlat iqtisodiyot universiteti Raqobat huquqi va monopoliyaga qarshi tartibga solish kafedrasi professori, shuningdek, Uzluksiz va masofaviy ta’lim instituti direktori-Yalunina Yekaterina Nikolayevna, universitetning Buxgalteriya hisobi kafedrasi professori-Sharapova Natalya Vladimirovna mashg’ulotlarni olib boorish uchun tashrif buyurgan.

Mazkur tashrif oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish, tajriba almashish hamda ilg‘or pedagogik yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Talabalar yetakchi xorijiy professorlardan bevosita bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu qo‘shma ta’lim dasturining amaliy ahamiyatini yanada kuchaytiradi hamda ikki diplomli ta’lim tizimining samaradorligini namoyon etadi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirib, talabalarga xalqaro darajadagi sifatli ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar yaratishda davom etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?