Uz-Kor texnoparkida tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Undan koʻzlangan asosiy maqsad, boʻyash texnologiyasiga ehtiyoji bor korxonalarga institut texnoparki hamda uning imkoniyatlarini tanishtirish hamda ishlab chiqarish uchun zamin yaratish koʻzlandi.
Tadbirda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamda qator mutasaddi tashkilotlar ham faol ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida texnoparkda mavjud texnologiyalar tadbirkorlarda katta qiziqish uygʻotdi hamda ularning savollariga javob berildi.