🔊
02:55 Shanba 23 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

REGISTON MAJMUASIGA TASHRIF BUYURILDI

09.05.2026
6

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari Registon majmuasiga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy va ma’naviy bilimlarini boyitish, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan noyob me’moriy meros bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar Registon majmuasining boy tarixi, uning me’moriy yechimlari hamda jahon tamadduni rivojidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, talaba-yoshlar Ulug‘bek madrasasi, Sherdor madrasasi hamda Tillakori madrasasining noyob naqshlari va me’moriy bezaklarini tomosha qilib, ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?