SHOHI ZINDA MAJMUASIGA TASHRIF BUYURILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari Shohi Zinda majmuasiga tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy va ma’naviy bilimlarini boyitish, milliy qadriyatlarimiz hamda boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Tashrif davomida ishtirokchilar Shohi Zinda majmuasining tarixi, noyob me’moriy yechimlari va yurtimiz madaniy merosidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, talaba-yoshlar majmua hududidagi tarixiy obidalar, maqbaralar va naqshinkor bezaklarni tomosha qilib, ajdodlarimizning boy me’morchilik an’analari bilan yaqindan tanishdilar.