06:23 Payshanba 12 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR BO’LIB O’TDI

04.02.2026
36

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida giyohvandlik kabi zararli illatlarga qarshi yoshlar orasida sog‘lom immunitetni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbirlar tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, 4-fevral kuni “Giyohvandlik va narko-jinoyatlarning oldini olish” hamda “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzularida navbatdagi profilaktik tadbir Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabalari ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbirda soha mutaxassislari hamda huquq-tartibot idoralari vakillari qatnashib, talabalarga giyohvandlikning inson salomatligi va ruhiyatiga ko‘rsatadigan halokatli ta’siri, narko-jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan qat’iy jazolar, “sintetik” giyohvand moddalarning xavfi hamda ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan turli xatarlar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarni zararli odatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va huquqiy madaniyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?