12:21 Yakshanba 22 Dekabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Changshu” texnologiya instituti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

18.12.2024
46

Bugun, 18-dekabr kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Toshkent tоʼqimachilik va yengil sanoat instituti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori “Changshu” texnologiya instituti vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Changshu”dan Elektrotexnika va avtomatik muhandislik maktabi dekani Lui Jicheng, Elektron va axborot muhandisligi maktabi dekani Zang Huiguo, Toʻqimachilik va moda dizayn maktabining “2+2” dasturi rahbari Gao Zhe ishtirok etdi.

Baxtiyor Nasimov mehmonlarga institutimiz haqida atroflicha maʼlumot berib, oʻzaro hamkorlik dasturlaridan talabalar mamnun ekanligini qayd etdi. Shu bilan birga Xitoyga tashrif chogʻida “Changshu” institutidagi moddiy texnik baza bilan tanishgani, u yerdagi qator tajribani TTYSIga tatbiq qilish borasidagi rejalarni maʼlum qildi. Soʻzi yakunida institutning Xitoyda yetakchi oʻrinlarda turuvchi “Sertifikatlash markazi” haqida iliq fikrlar bildirib, shu kabi markazni institutimizda ham ochish taklifini bildirdi.

Xitoydan kelgan mehmonlar barcha takliflarga rozilik bildirib, kelgusida qoʻshma dasturlar sonini oshirish niyatida ekanliklarini qayd etishdi. Uchrashuv samimiy ruhda oʻtdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?