Institutimiz faoliyati Hayʼat yigʻilishida eʼtirof etildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat yigʻilishida vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suv resurslarini tejash hamda koʻkalamzorlashtirish kabi ustuvor vazifalarni belgiladi.
Tadbirda, shuningdek, talabalar amaliyoti uchun 15 haftalik dasturlarni joriy etish, muhandislik sohasida dual taʼlimni rivojlantirish hamda “Top-500” xorijiy universitetlar bilan qoʻshma dasturlarni kengaytirish kabi ishlar rejalashtirildi. Shuningdek, 2025-yilda energiya resurslarini tejash kabi koʻplab vazifalar belgilandi.
Hayʼat yigʻilishida, institutimizning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov oliygohda amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi. Xususan talabalarini oʻqitishda “Dual” taʼlim tizimi joriy qilingani maʼlum qildi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar yigʻilish ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.
Shu bilan birga Indoneziyaning “UI Green Metric World University Ranking” xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy taʼlim muassasalari boʻyicha joriy yil reyting natijalarda ham TTYSI yuqori natijaga erishgani qayd etildi.