GIYOHVANDLIK VOSITALARNING ISTE'MOLINI OLDINI OLISH BO‘YICHA O'QUV-SEMINAR BO'LIB O'TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik o'quv-seminar o’tkazildi.
Pedagog-tarbiyachilar, tyutorlar uchun giyohvand moddalar savdosiga aralashib qolgan yoshlarni aniqlash usullari” mavzusida o'quv-seminari tashkil etildi.
Professor-oʻqituvchilar, Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tumani IIOFMB mutaxassislari tomonidan giyohvandlikning yoshlar hayotiga koʻrsatadigan salbiy taʼsiri, uning oldini olish yoʻllari, talabalar bilan ishlashning ahamiyati hamda giyohvandlikka qarshi kurashda ota-onalar va taʼlim muassasalarining hamkorligi masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning turli koʻrinishlari, unga olib keluvchi sabablar va uning oldini olish boʻyicha zarur tavsiyalar berib oʻtildi. Talabalarning ruhiyatini tushunish, ular bilan ochiq muloqot oʻrnatish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda har qanday muammolarda ularga tayanch boʻlish eng muhim omil ekanligi taʼkidlandi.
Seminar ishtirokchilari bu kabi tadbirlarning davomiyligini taʼminlash va hamkorlikda olib boriladigan ishlarni kuchaytirishga kelishib oldilar.