20:58 Chorshanba 09 Oktyabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Hamkorlikning yangi bosqichi

30.07.2024
82

Xitoy Xalq Respublikasi to‘qimachilik va yengil sanoat sohalari bo‘yicha jahonning eng peshqadam mamlakatlaridan biridir. Bu o‘ziga xos iqtisodiy va siyosiy simbioz bilan O‘zbekistonning maslakdosh bo‘lishi, ham ichki va tashqi bozordagi o‘zbek mahsulotlari uchun qisqa muddat ichida istiqbolli rentabellikni yuzaga keltirishi mumkin.

Ushbu ustuvor maqsadlarga erishish uchun muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yeti yil davomida XXRga bir nechta davlat tashrifini uyushtirdi. Joriy yilning yanvar oyida esa XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan olib borilgan samarali muzokaralar natijasida yillik jalb qilingan investitsiyalar miqdori 14 mlrd dollarga yetgan edi.

Institutimizning ham Xitoy bilim yurtlari va tadqiqot markazlari bilan o‘rnatgan do‘stlik hamda hamkorlik aloqalari mana bir necha yildirki o‘z amaliy natijalarini bermoqda. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning davomiyligini taʼminlash maqsadida 29 iyul kuni Xitoyning «SSK» kompaniyasi direktori Su Shikun hamda Changnjou to‘qimachilik va tikuvchilik kasb-hunar kollejining vakolatli vakili Ma Xayklar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?