Hindiston Respublikasi kuni munosabati bilan bayram tadbiri
2025-yil 27-yanvar kuni Toshkent shahridagi Hyatt mehmonxonasida Hindiston Respublikasi kunining 76 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti vakillari va “Qizlarjon” klubi a’zolari Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant honim bilan birgalikda ishtirok etdilar.
Tadbirda milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etilib, atlas va sari matolarining rang-barangligi, ipak va sof paxta tolalaridan foydalanilgan qo‘l kashtachilik uslublari namoyish etildi. O‘zbek va hind ayollarining liboslaridagi nafislik tadbir ishtirokchilari tomonidan alohida e’tirof etildi.
Hindiston elchisi Smita Pant tadbirda faol ishtirok etgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, “Yashil makon” shiori ostida ramziy hurmat bajo keltirdi.