13:46 Shanba 31 Yanvar 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“HULT PRIZE” XALQARO STARTAPLAR TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI GO’LIB JAMOALARI TAQDIRLANDI

29.01.2026
38

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan iqtidorli, chet tillarini biladigan, kreativ fikrlaydigan hamda ilmiy-innovatsion loyihalarga ega bo‘lgan talabalardan iborat jamoalar 28-yanvar kuni “Hult Prize” xalqaro startaplar tanlovining institut bosqichida ishtirok etdilar.

Tanlovda, Resource Save AI. Ecogreen, Smart Traffic Light, Invisible Women Economy, SafeChat, Rapid Primary Wastewater Treatment Method, Air Shield nomi ostidagi 7 ta jamoa o‘zining innovatsion startap loyihalari bilan ishtirok etdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarga tanlovining maqsadi, baholash mezonlari, innovatsion g‘oyalarni taqdim etish tartibi va xalqaro bosqichlarga chiqish imkoniyatlari batafsil tushuntirildi. 

Jamoalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar muammo va uning yechimi, innovatsion yondashuv, ijtimoiy va ekologik ta’sir, shuningdek, loyiha barqarorligi kabi mezonlar asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Unga ko’ra:

  • 1-o‘rinni ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan innovatsion yechimni taklif etgan “Ecogreen” jamoasi
  • 2-o‘rinni — ayollar mehnatining ko‘rinmas iqtisodiy hissasini aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan innovatsion platformani taqdim etgan “Invisible Women Economy” jamoasi
  • 3-o‘rin — sun’iy intellekt asosida resurslarni tejash va samarali boshqarishga xizmat qiluvchi yechimni ilgari surgan “Resource Save AI” jamoasi egalladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?