“HUQUQIY SAVODXONLIKNI OSHIRISH" MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR BO’LIB O’TDI
Toshkent tuqimachilik va yengil sanoat instituti Iqtisodiyot fakultetida “Korrupsiya — kelajakka tahdid” va “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzularida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i, institut katta yuristkonsulti hamda professor-o‘qituvchilar fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Ma’ruzachilar tomonidan ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash va borada talabalarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish orqali sog‘lom ta’lim muhitini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.