12:16 Juma 28 Noyabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“KONSTITUTSIYA – YOSHLAR KELAJAGI VA FAROVONLIK POYDEVORI” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

27.11.2025
29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” F-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, bir qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yil 27-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining barcha fakultetlarida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi – erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida  “Konstitutsiya – yoshlar kelajagi va farovonlik poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad – yoshlar ongida konstitutsiyaviy qadriyatlarni chuqur singdirish, ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash hisoblanadi.

Tadbirda Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi katta o‘qituvchisi Rustam Begmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyat hayotidagi o‘rni, unda belgilangan asosiy huquq va erkinliklarning mazmun-mohiyati, shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlar natijasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar xususida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi ahamiyati, inson huquqlarini kafolatlashda tutgan o‘rni, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi normativ-huquqiy asoslarga to’xtalib o‘tildi.

Tadbir yakunida talabalar uchun interaktiv savol-javoblar, fikr almashinuvi va muhokamalar tashkil etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?