PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARG‘IBOT TADBIRLARIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari joylarda tashkil etilayotgan targ’ibot tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ta’lim sohasidagi islohotlar, xususan, oliy ta’lim muassasalari bilan mahallalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari Yakkasaroy tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda.
Bugungi kunga qadar, Yakkasaroy tumanidagi Muhandislar, Oltin vodiy, Qushbegi, Belariq, To’qimachi va boshqa mahalla fuqarolar yig’inlarida targ’ibot tadbirlari bo’lib o’tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va mahallalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish kabi dolzarb masalalarda “mahalla yettiligi” bilan o’zaro muloqotlar o’tkazib kelinmoqda.
Uchrashuvlar davomida mahalla yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish kabi masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashilmoqda.