RASMLAR TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI O’TKAZILDI
Toshkent tuqimachilik va yengil sanoat institutida ijodiy tafakkur va tasavvurni rivojlantirish, ilmda xotin-qizlarning oʻrni va rolini keng targʻib qilish, iqtidorli va ijodkor talaba-qizlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Talabalarning ta’limdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, shuningdek, yoshlarni milliy va umum insoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarimiz, anʼana, urf-odat, milliy sanʼatimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ilmda mening orzularim” mavzusida talaba-qizlar oʻrtasida rasmlar tanlovining institut bosqichi o'tkazildi.
Tanlov natijalariga ko’ra, Dizayn va texnologiyalar fakultetining 3 nafar talabasi yuqori o’rinlarga munosib deb topildi. Jumladan, Yusupjonova Zarina Qudratjon qizi 1-o’rinni, Nirimova Safina Shuxratovna 2-o’rinni, Niyazqulova Nilufar Adil qizi esa, 3-o’rinni egalladi.