TTYSi va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina, «Iqtisodiyot fakulteti» dekani M.Mansurov, «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi mudiri M.Xudayqulov ishtirok etdilar. Konstruktiv muloqot doirasida qo‘shma ta’lim dasturlarini ochishga
alohida e’tibor qaratgan holda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralarda sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslar ko‘rib chiqildi.