21:56 Payshanba 12 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazildi

11.02.2026
23

To‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zolari, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi Shaxnoza Jo‘ldasova, Gulshana Xudoyarova va Oybek Yuldashev, Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Usmonov, shuningdek, tuman hokimi Nilufar Allabergenova ishtirok etdilar.

Tashrif davomida mehmonlar institut faoliyati, ta’lim jarayoni va yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Institut rektori o‘rinbosari Baxtiyor Nasimov oliygohning tarixi, bugungi kundagi yutuqlari, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda talabalarning ilmiy-ijodiy izlanishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ayniqsa, talabalar tomonidan tayyorlangan dizayn loyihalari, zamonaviy to‘qimachilik mahsulotlari va kreativ ishlanmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yoshlarning tashabbuskorligi, yangi g‘oyalarga ochiqligi va amaliy natijalarga yo‘naltirilgan yondashuvi alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ochiq va samimiy javoblar oldilar.

Tadbirda yoshlarning tashabbuslari, innovatsion g‘oyalari va faol fuqarolik pozitsiyasi alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini eshitish davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undash hamda davlat idoralari va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?