To‘qimachilik muhandisligi fakultetida “Miss Fakultet–2024” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
2-dekabr kuni To‘qimachilik muhandisligi fakultetining faol jamoasi talaba-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi faolligini kuchaytirish, tashabbuskor, faol, jamoatchi qizlarni aniqlash maqsadida 1-bosqichda tahsil olayotgan talaba-qizlar uchun “Miss Fakultet–2024” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Qizlar “Tanishtiruv”, “Karving” hamda “Erkin mavzu” shartlari bo‘yicha bellashdilar.
Natijalarga ko‘ra:
8-24-guruh talabasi–Muhammadiyeva Farida “Eng iqtidorli” nominatsiyasi;
6-24-guruh talabasi–Normamatova Xusnora “Eng chaqqon” nominatsiyasi;
9-24- guruh talabasi–Ibrohimova Yulduz “Eng ijodkor” nominatsiyasi;
16-26- guruh talabasi–Orazaliyeva Xolida “Sportchi qiz” nominatsiyasiga loyiq deb topildilar.