“Rektor kubogi – 2025” – Milliy kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida an’anaviy “Rektor kubogi” doirasida tashkil etilgan milliy kurash bo‘yicha sport musobaqasi qizg‘in tarzda o‘tkazildi.
Talaba-yoshlarimiz milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan kurash sportida o‘z mahoratlarini namoyon etishdi hamda musobaqa yuqori ruhda va katta shavq bilan o‘tdi.
G‘oliblar sovrinlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Bu kabi tashabbuslardan ko‘zlangan maqsad yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, milliy sport turlarimizni keng targ‘ib etish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashdir.