14:23 Chorshanba 10 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“1-DEKABR XALQARO OITSGA QARSHI KURASH KUNI” MUNOSABATI BILAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

01.12.2025
95

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1988 yildagi qaroriga asosan, 1 dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida belgilangan.

Mamlakatimiz OITSga qarshi kurash tizimi bo‘yicha keyingi yillarda barcha yo‘nalishlarda qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo‘yicha qo‘shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “95-95-95” strategik maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb etadi.

1-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti To‘qimachilik muhandisligi fakulteti “Ipak va yigirish texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Chilonzor tumani 39 – son oilaviy poliklinika bosh shifokori Mansurova Ra’no tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida “1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Mavzu yuzasidan talabalarga batafsil ma'lumotlar berildi. Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo'ldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?