10-oktabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida “Qizlarjon” klubi Respublika forumi oʻtkazildi
Tadbirda institutimizning “Qizlarjon” klubi raisi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va talaba-qizlarimiz ishtirok etdi.
Forum ishtirokchilarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qutlab, mamlakatimizda qizlarga munosib shart sharoitlar yaratib berish borasida keng koʻlamli ishlar amalga
oshirilayotganini taʼkidladi.