14-oktabr - Butunjahon standartlashtirish kunida TTYSI va O‘zbekiston standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor X.X. Kamilova boshchiligidagi TTYSI delegatsiyasi hamkorlik masalalari va yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Uchrashuvda hamkorlikning bir nechta asosiy yo‘nalishlari batafsil ko‘rib chiqildi:
• to‘qimachilik va yengil sanoatda yangi milliy standartlarni birgalikda ishlab chiqish va joriy etish;
• Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarda institut vakillarining ishtirokini ta’minlash;
• TTYSI o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ISO sifat menejmenti tizimini joriy etishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan kurs va treninglar o‘tkazish;
• TTYSI laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish va zamonaviy asbob-uskunalar hamda jihozlar bilan ta’minlash jarayonida uslubiy va texnik qo‘llab-quvvatlash.