30-sentabr kuni Yevropa Ittifoqining «Erasmus+» dasturi doirasidagi “TEX4FUTURE” loyihasi bo‘yicha birinchi o‘quv seminari o‘tkazildi
Gretsiyaning G‘arbiy ATTICA Universitetida bo‘lib o‘tayotgan ushbu treningda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti loyihasi aʼzolari, birinchi prorektor – B.Nasimov, loyiha koordinatori M.Ilxamova, dotsent D.Tursunov va KOR-UZ To‘qimachilik texnoparki direktori U.Gulyamovlar ishtirok etishmoqda.
O‘quv seminari dasturi quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:
·To‘qimachilik sanoatining barqaror rivojlanishi;
·To‘qimachilik mahsulotlarini sertifikatlash;
·Innovatsion trikotaj;
·Sohani Raqamlashtirish va raqamli dizayn.
Seminar davomida ishtirokchilar universitetning Sanoat dizayni va ishlab chiqarish muhandisligi fakulteti laboratoriyalari bilan tanishadilar.
Mazkur seminar 30 sentabrdan 4 oktabrgacha davom etadi