17:41 Chorshanba 09 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Adabiyot va she’riyat kechasi – bolajonlarga ma’naviy ozuqa!

09.07.2025
24

2025-yil 9-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Dizayn va texnologiyalar fakulteti jamoasi tomonidan Yakkasaroy tumani “Shohjahon” MFY yoshlari ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Adabiyot va she’riyat kechasi” tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularning ijodiy salohiyatini ochish va adabiyotga bo‘lgan mehrini oshirishdan iborat bo‘ldi.

“Shohjahon” MFYda yashovchi 7-12 yoshli bolalar she’rxonlik, bahr-u bayt, erkin chiqishlar orqali o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi.

Ishtirokchilar o‘zlariga ishonch, sahnada erkin harakat qilish, ijodiy fikrlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkon oldilar.

Ushbu kecha kichik ishtirokchilarda adabiyot va she’riyatga bo‘lgan mehrni uyg‘otib, ularning qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?