16:51 Payshanba 21 Noyabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Adiblar oliygohimizga kirib kelishdi

09.10.2024
0

Ma’rifat karvoni Yangiyo’l qaydasan, deb safarga otlandi.

Hurmatli ustozlar, safaringiz xayrli bo’lsin.

Maʼrifat karvoni Yangiyo‘l tumanida joylashgan 17-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga kirib keldi. Oldinda bizni aziz o‘quvchilar bilan zavq va shavq - poetik suhbatlar kutmoqda. 

Barchangizni xush ko’rdik, aziz o’quvchilar!

17-maktabga qilingan safar afsuski qaridi. O‘quvchilar adiblardan imkon qadar ko‘proq narsa o‘rganishga, ziyo olishga, nasihat tinglashga harakat qilishdi. Ularning bergan savollari ustozlarda yaxshi taassurotlar

qoldirdi. Ularning orasidan eng zukkolariga esa esdalik sovg‘a sifatida kitoblar hadya qilindi.

Yaxshidan bog’ qoladi deydilar. Adiblarimizdan esa aziz o’quvchilarda shirin xotiralar va navqiron nihollar qoldi.

Assalomu alaykum, 29-maktab!

29-maktab o‘quvchilari bilan ham juda samimiy va mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Sher yoshlarni o‘zining sherlari bilan shod etdi. Undan keyin so‘z navbatini olgan adib – Abdunabi Boyqo‘ziyev so‘z ahamiyati, uning inson hayotida tutgan o‘rni va tafakkurga ko‘rsatajak

taʼsiri xususida nasihat qildi. Fozil Farhod esa jurnalist bo‘lish orzusiga ega o‘quvchilarga tahririyat va unda ishlashning o‘ziga xosliklari haqida gapirib berdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Abdulla Sher she’r o’qiydi…

Maʼrifat karvoni institutimizni chetlab o‘tgani yo‘q.

Talabalar ham o‘zlarining ukalari va singillari kabi adabiyot olamiga sayohat qildirlar.

Adiblar tomonidan vatanparvarlikni madh etuvchi sheʼrlar o‘qildi, talablarning qizg‘in savollari muhokama qilindi.

Tadbirning yalpi qismi o‘z nihoyasiga yetganidan so‘ng faol talabalarga ustozlarning dasthatlari tushirilgan kitoblar esdalik sifatida topshirildi.

Adabiyot va ma’naviyat sharafiga ko’chatlar ekilmoqda…

Saytni yangi dizayni yoqdimi?