09:50 Chorshanba 16 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Akademik litseylarda ijodiy imtihonlar boshlandi!

15.07.2025
38

2025-yilning iyul oyidan boshlab butun respublika bo‘ylab akademik litseylarga qabul jarayonining ijodiy imtihonlari bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi akademik litseyda ham bugun ijodiy imtihonlar start oldi. Abituriyentlar o‘z yo‘nalishlariga mos holda quyidagi yo‘nalishlarda sinovlardan o‘tmoqda:

Rasmlar chizish — moda dizayni, grafika va tasviriy san’at yo‘nalishlari uchun;
Chizma va konstruksiya ishlari — texnologik va injiniring yo‘nalishlari uchun;
Asbob-uskunalarda ishlash malakalari — to‘qimachilik va yengil sanoat kasblariga qiziqqan yoshlar uchun.

Imtihonlar institut huzuridagi yetuk ustozlar, tajribali mutaxassislar va kafedra vakillari ishtirokida, adolatli baholash mezonlariga asoslangan holda o‘tkazilmoqda.

Jarayon davomida ota-onalar, abituriyentlar va kuzatuvchilar uchun ochiqlik, shaffoflik va qulaylik tamoyillari ta’minlangan. Imtihonlar bir necha smenada, belgilangan sanitariya va xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilingan holda tashkil etilmoqda.

Ijodiy imtihon – bu nafaqat bilim, balki iste’dod, did va tafakkur sinovi.

Institut huzuridagi akademik litseyga hujjat topshirgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! Iqtidor va mehnat sizni yorqin kelajakka yetaklasin!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?