20:33 Chorshanba 12 Mart 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Allabergenova milliy liboslar ko‘rgazmasida bo‘ldi

03.03.2025
10

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga tashrif buyurib, milliy liboslar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Ushbu tadbir milliy merosimiz va zamonaviy dizayn uyg‘unligini namoyish etish, yosh dizaynerlar hamda talabalarning ijodiy ishlanmalarini keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada turli hududlarga xos an’anaviy liboslar, zamonaviy yondashuv asosida qayta talqin qilingan milliy kiyimlar hamda mato dizaynlari namoyish etildi.

Yakkasaroy tumani hokimi yosh mutaxassislarning ijodiy izlanishlarini yuqori baholab, milliy liboslar targ‘ibotini yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?