“Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiada musobaqasi o‘tkazildi
Institutda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar uchun “Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiada musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar turli estafeta o‘yinlari, jismoniy mashqlar va tezkorlikni talab qiluvchi bosqichlarda bellashib, tomoshabinlarga yuqori kayfiyat va haqiqiy sport ruhini ulashdilar.
Musobaqalar yuqori ruh va jonbozlik bilan o‘tib, talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviylik va iroda kuchini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.