Attestatsiya jarayoni xalqaro darajada o‘tkazildi
Parij Xalqaro Moda Akademiyasi (AICP) va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligidagi qo‘shma fakultetda navbatdagi attestatsiya jarayoni yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, rahbariyat va Fransiyadan tashrif buyurgan AICP vakili, professor madam Mary Clier ishtirok etdi.
Madam Clier talabalar tayyorlagan ijodiy va amaliy ishlarni baholab, ularning bilim va ko‘nikmalarini ijobiy baholadi. Shuningdek, fakultet o‘qituvchilari malakasi tahlil qilinib, ularning kasbiy salohiyati xalqaro mezonlarga mos ekani ta’kidlandi.
Talabalar innovatsion yondashuv, estetik did va amaliy mahorat bilan ajralib turdi. Attestatsiya jarayoni fakultetning xalqaro darajada raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlayotganini yana bir bor tasdiqladi.