22:24 Juma 16 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI Axborot-resurs markazi direktori “Axborot-kutubxona a’lochisi” mukofoti bilan taqdirlandi

16.05.2025
37

Farg‘onada bo‘lib o‘tayotgan “Central Asia – 2025: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII Xalqaro konferensiyasi doirasida axborot-kutubxona sohasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan mutaxassislar “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Faxr bilan ta’kidlaymizki, taqdirlanganlar orasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Axborot-resurs markazi direktori Garibyan Regina Ruslanovna ham bor.

Bu mukofot – u kishining institut kutubxonasini zamonaviy ilm va ma’rifat markaziga aylantirish yo‘lidagi mehnatlari, tashabbuskorligi va sadoqatining munosib e’tirofidir.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A. Xodjayev ta’kidlaganidek, bu mukofot egalari o‘z faoliyati bilan: – kasbga sadoqat,
– halollik va adolat,
– yosh avlodda kitobga muhabbat uyg‘otish kabi qadriyatlarni targ‘ib etib kelmoqda.

Joriy yilda 49 nafar fidoyi ushbu nishon bilan taqdirlandi: – Farg‘ona viloyati hokimi,
– 10 nafar shaxsiy kutubxona tashkilotchilari,
– 38 nafar kutubxona xodimi.

Mukofot bilan birga 4 barobar BHM miqdorida pul mukofoti ham topshirildi.

TTYSI jamoasi nomidan Garibyan Regina Ruslanovnani samimiy tabriklaymiz! Siz bilan faxrlanamiz!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?