"Ayollar ko‘ylagidagi qirqma cho‘ntaklarga ishlov berish” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi
22-Noyabr “Tikuv buyumlari texnologiyasi va raqamli injiniring” kafedrasi assistenti Y. B. Allaeva tomonidan 2-kurs, 18-23 guruh talabalariga“ Ayollar ko‘ylagidagi qirqma cho‘ntaklarga ishlov berish” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars davomida ayollar ko‘ylaklarida uchraydigan qirqma cho‘ntak turlari va ularga ishlov berish usullarini pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda batafsil tushuntirildi.