“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Diniy ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi sharti” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Joriy yilning 15 -noyabr kuni To‘qimachilik muhandisligi fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Diniy ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi sharti” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi tayanch doktoranti H. Xolmatov o‘z nutqida Diniy ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi sharti bo‘yicha talaba-yoshlarga atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.