Bogʻot yengil sanoat va servis texnikumi: Moddiy-texnik baza yaxshilandi
Bugun, 8-dekabr kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov Bogʻot yengil sanoat va servis texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida texnikumga oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatildi. Shuningdek moddiy-texnik bazasi yaxshilandi.
Baxtiyor Nasimov texnikumning oʻquv-moddiy bazasi, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, oʻquv va oʻquv amaliyot xonalari, internet tarmogʻi hamda undan foydalanish holati, issiqlik tizimi, shu bilan birga hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.