01:26 Shanba 05 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Bir haftada – bir kitob” loyihasi doirasida mazmunli tashrif!

04.07.2025
14

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti To‘qimachilik muhandisligi fakulteti faol jamoasi va talaba-yoshlari “Bir haftada – bir kitob” loyihasi doirasida Respublika bolalar kutubxonasi hamda Tashkent City Mall binosida joylashgan zamonaviy rang-barang kutubxonaga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talaba-yoshlar zamonaviy kutubxona infratuzilmasi, keng adabiyotlar tanlovi va raqamli kutubxona xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu tashabbus yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Kitob – bilim manbai, ma’naviyat o‘rni, kelajak poydevoridir!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?