“Bir haftada – bir kitob” loyihasi doirasida Chingiz Aytmatov ijodi muhokama qilindi
Joriy yilning 30-iyun kuni “Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Bir haftada – bir kitob” nomli tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun” romaniga bag‘ishlandi. Unda yozuvchining hayoti va ijodi, shuningdek, asarning mazmun-mohiyati kitobxon talabalar tomonidan tahlil qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga Aytmatovning navbatdagi asari —“Jamila”ni o‘qish tavsiya etildi.