Birinchi O’zbekiston-Italiya ta’lim forumi bo’lib o’tdi
"Universitetlar hamkorligining yangi bosqichi - ikki davlat va jamiyat rivojlanishining muhim omili" mavzusida bo‘lib o‘tgan forum yalpi majlis va 3ta
alohida seksiyani o‘z ichiga oldi. "Kreativ industriya, huquq, iqtisodiy fanlar va madaniy meros sohalaridagi yutuqlar va hamkorlik istiqbollari",
"O‘zbekiston va Italiya universitetlarining muhandislik, agrosanoat va raqamli texnologiyalar sohalarida hamkorligining yangi bosqichiga qadam
qo‘yish" shuningdek, "Sog‘liqni saqlash taʼlim sohasida zamonaviy tibbiy, reabilitatsiya va farmatsevtika texnologiyalari" mavzularda o‘tdi. Tadbir
davomida ishtirokchilar tomonidan taʼlim sohasida zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or raqamli texnologiyalar va Innovatsion o‘qitish usullarini joriy
etish, qo‘shma taʼlim dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda talabalar akademik mobilligini kengaytirish masalalari
muhokama etildi.