08:14 Payshanba 01 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Bitiruvchi kurs talabalari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi

30.04.2025
31

Bugun “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga ‘‘Kelajakka qadam’’ markazi bo‘yicha biriktirilgan bank, “O‘zmilliybank” AJning Sergeli tumani filiali boshqaruv raisi o‘rinbosari M.M.Mir’azimov hamda bankning ‘‘Kelajakka qadam’’ markazi bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i R.R.Turg‘unovlar ishtirokida bitiruvchi kurs talabalari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov bitiruvchi kursdagi oʻz biznes g‘oyalari bor barcha talabalarga institutda “Kelajakka qadam” markazi tashkil etilganligi, unda bank xodimlari talabalarni doim qabul qilishga, ularga oʻz biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarib tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ko‘maklashishga hamda buni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligini ma’lum qildi.

Bank xodimlari oʻz biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida boʻlgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusida Qarorning mazmun-mohiyatini, dasturda ko‘zda tutilgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida batafsil bitiruvchilarga tushuncha berib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Oʻtkazilgan seminar-trening bitiruvchi kurs talabalari uchun juda manfaatli bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?