18:16 Seshanba 12 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Bugun Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturining birinchi bosqich imtihoni muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

12.08.2025
15

Mazkur imtihon ikki tomonlama hamkorlikning amaliy natijalaridan biri bo‘lib, abituriyentlarga xalqaro standartlarga mos tarzda bilimini sinovdan o‘tkazish imkonini berdi. Imtihonda qatnashgan nomzodlar o‘zlarining kasbiy tayyorgarlik darajasi, analitik fikrlash qobiliyati hamda tanqidiy yondashuv ko‘nikmalarini namoyish etishdi.

Natijalarga ko‘ra, belgilangan o‘tish balidan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan abituriyentlar keyingi bosqich imtihoniga yo‘naltiriladi. Bu jarayon kelgusida ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va mamlakatimizning iqtisodiy hamkorlik salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu qo‘shma ta’lim dasturi nafaqat nazariy bilimlarni, balki zamonaviy amaliy ko‘nikmalarni ham chuqur o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, talabalarga xalqaro tajribaga asoslangan o‘quv dasturlari orqali o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish imkonini yaratadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?