"Bunyodkor yoshlar" qurilish otryadi faoliyati boshlandi
12-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Dizayn va texnologiyalar fakulteti ko‘ngilli talabalari ishtirokida “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyati boshlandi.
Mazkur tashabbus doirasida A.Qahhor ko‘chasi va Talabalar shaharchasida qurilish va tozalash ishlari amalga oshirildi. Talabalar hududni obodonlashtirish, jamiyatga foyda keltirish yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Shuningdek, “Bunyodkor yoshlar” talabalar qurilish otryadini tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu konsepsiya asosida otryad faoliyati tizimli va bosqichma-bosqich davom ettiriladi.