Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ko‘ngilli talabalar ishtirokida “Bunyodkor yoshlar” talabalar qurilish otryadi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Tadbir davomida fakultet dekani M.Ruzmetov va dekan o‘rinbosari B.Bozorov talabalar bilan uchrashib, qurilish otryadi oldidagi vazifalar, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar va ish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalari yuzasidan batafsil tushuntirish ishlarini olib bordilar.