“Bunyodkor yoshlar” talabalar qurilish otryadi faoliyatini davom ettirmoqda
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ko‘ngilli talabalar ishtirokida tashkil etilgan “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda.
Fakultet dekan o‘rinbosari B.Bozorov otryad a’zolariga bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar va texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalarni berdi.
Mazkur tashabbus talabalarni amaliy mehnatga jalb etish, ularning mas’uliyatini oshirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.