17:59 Seshanba 22 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Butunjahon shaxmat kuni munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Axborot-resurs markazida talabalar o‘rtasida “Shaxmat – aql qayrog‘i” nomli intellektual musobaqa bo‘lib o‘tdi

21.07.2025
30

Tadbir “Dolzarb 90 kun” va “Kitobxon yoz – 2025” loyihalari doirasida tashkil etilib, yoshlarda sog‘lom fikrlash, strategik yondashuv va sabr-toqat kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratildi.

Ishtirokchilarga shaxmatning kelib chiqish tarixi, dunyo va o‘zbek shaxmatchilarining yutuqlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kutubxona fondidagi shaxmatga oid adabiyotlardan iborat maxsus ko‘rgazma tashkil etildi.

Intellektual musobaqa davomida talabalar o‘zaro bilim, mantiqiy fikrlash, aniqlik va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyish etdilar. G‘olib va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar nafaqat shaxmatga qiziqishni oshiradi, balki ijtimoiy faollik, jamoaviylik va bilimga bo‘lgan chanqoqlikni kuchaytiradi.

Aql ishlatsa yutadi. Shaxmat – bu faqat o‘yin emas, bu hayot maktabi!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?