🔊
12:15 Dushanba 25 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“BURCH, JASORAT, MATONAT!” SHIORI OSTIDA XOTIRA TADBIRI O‘TKAZILDI

06.05.2026
10

Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi kurashlarda qurbon bo‘lgan ota-bobolarimiz, istiqlol davrida Vatanimiz mustaqilligi himoyasi yo‘lida jon fido etgan mard o‘g‘lonlarimiz xotirasini yod etish, bugungi kunda oramizda sog‘-salomat yashab kelayotgan urush va mehnat faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biridir.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Institutning Xotira maydonida 6-may kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Ismailjon Bulanov, institut prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbirga institutda uzoq yillar davomida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan mehnat faxriylari hamda zaxiradagi ofitserlar ham taklif etildi.

Tadbirga Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi tarkibidagi harbiy orkestri hamda maxsus jangavor guruhlar ishtirok etdi.

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ajdodlar xotirasiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarimizni e’zozlash maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida urush va mehnat faxriylarining mardlik va fidoyilik namunasi bo‘lgan hayot yo‘li, ularning Vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?