“Counter-Strike 2” yo‘nalishida qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi
“Dolzarb 90 kun” doirasida o‘tkazilayotgan “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bosqichi doirasida “Counter-Strike 2” yo‘nalishida qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi.
Unda “Ashborn” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va keyingi — hududiy bosqichga yo‘l oldi!
Jamoamizga omad tilaymiz va Respublika bosqichigacha yetib borishini tilab qolamiz.