14:24 Chorshanba 10 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

DAVLATIMIZ RAHBARI TOMONIDAN KUCHLI VA MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA MASALASI KUN TARTIBINING AVVALIGA QO’YILGAN

02.12.2025
81

Mamlakatimizda “3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nishonlanishi davlat Rahbari tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir. So’ngi yillarda, aholini ijtimoiy muhofaza qilish ishlari yangi bosqichga ko’tarildi. Jamiyatning barcha sohalarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasi kun tartibining avvalida turibdi.

2-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari bo’lib o’tdi.

Tadbirlarda faol ishitirok etgan barcha talaba-yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga olinishi lozim bo’lgan, ehtiyojmand hamda nogironligi bo‘lgan 48 nafar talabalarga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. O‘tgan o‘quv yilida  133 nafar talabaga jami 246 million so‘mlik bir martalik moddiy yordam pullari ajaratildi, shuningdek, 2 nafar talabaga homiylik yordami asosida deyarli 13 million so’mlik  to‘lov shartnoma puli to‘lanishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

“Biz joriy o‘quv yilida ham ijtimoiy ijtimoiy himoyaga olinishi lozim bo’lgan, ehtiyojmand hamda nogironligi bo‘lgan talabalarimizga keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish ishlarini davom ettiramiz”, - dedi, taqdirlash marosimida so’zga chiqqan birinchi prorektor Baxtiyor Nasimov.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?